Andijonda mashinalar jarimalari qoida buzmagan mashinalarga yozilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat YHXB holat oydinlik kiritdi.
Ma`lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan murojaatda ko`rsatilgan Nexia-3 60 P 937 TA davlat raqam belgili avtomashina 23 fevral kungi notarial idoralarning oldi-sotdi shartnomasiga asosan, fuqaro Y.G.ga rasmiylashtirib berilgan. Ushbu transport vositasida 27 fevral kuni haydovchi Andijon shahar hududida tezlik qoidalariga rioya qilmagani sababli “Multiradar CD” moslamasi orqali “yo`l harakati qoidalarini buzgan” deb topilgan.
Ushbu qoidabuzarlikka nisbatan 28 fevral kuni RA23611898732 raqamli jarima solish to`g`risidagi qaror qabul qilingan. Qabul qilingan qaror Ro`yxatga olish bo`limlariga yangidan joriy qilingan dasturdagi tizimlar o`rtasidagi integrasiya jarayoni sababli davlat raqam belgisini muqaddam mulkdori bo`lgan H.J.ga nisbatan shakllangan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro H.J.ning og`zaki murojaatiga asosan o`rganilib, 23 fevral kunidan buyon 60 P 937 TA davlat raqam belgili transport vositasiga mulkdorlik qilayotgan asl qoidabuzar G.Y.ga nisbatan 16 may kuni jazo muqarrarligini ta`minlash maqsadida qayta qaror shakllantirildi.






