AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentning 3 ta tumanida elektr energiyasida uzilishlar bo`ladi

'Ertaga Toshkentning 3 ta tumanida elektr energiyasida uzilishlar bo`ladi'ning rasmi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabariga ko`ra, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida ertaga, 27 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

Yashnobod tumani: «Yangi davr» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;

Mirzo Ulug`bek tumani: «Qori Niyoziy» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Olmazor tumani: «Umid» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha.

“O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi”, - deyiladi xabarda.


 

 

    Boshqa yangiliklar