Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, bayram va dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatadi:
- 1267 ta ko`p tarmoqli va oilaviy poliklinika,
- 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
- 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
- tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
- ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
- tibbiyot oliy o`quv yurtlari klinikalari.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo`limi hamda tumanlararo qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Yurtimiz bo`yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo`ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko`rsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tug`uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.






