AsosiyJamiyat

Bayram kunlari viloyatlarga samolyotlarda etkaziladigan yo`lovchilarning soni 12 400 dan 18 200 taga etkaziladi

'Bayram kunlari viloyatlarga samolyotlarda etkaziladigan yo`lovchilarning soni 12 400 dan 18 200 taga etkaziladi'ning rasmi

 Joriy yil 28 iyun – 2 iyul kunlari aholining “Qurbon hayiti” bayramini ko`tarinki ruhda o`tkazishi va respublika bo`ylab sayohat qilishi, yo`lovchilarning o`z manzillariga xavfsiz etib olishini ta`minlash maqsadida Transport vazirligi soha tashkilotlari bilan hamkorlikda tegishli choralarni amalga oshirmoqda.

Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi tomonidan 26 iyundan 3 iyulga qadar qo`shimcha reyslar tashkil etish hamda A-320 turidagi 150 o`rinli havo kemalarini A-321 turidagi 180 o`rinli, V-767 turdagi 246 o`rinli bortlarni A-330 turdagi 264 o`rinli o`rinli havo kemalariga almashtirish orqali aviakompaniya tomonidan Toshkent-Urganch (17 ta), Toshkent-Nukus (15 ta), Toshkent-Buxoro (8 ta), Toshkent-Samarqand (6 ta), Toshkent-Termiz (5 ta), Toshkent-Namangan (2 ta), Toshkent-Farg`ona (4 ta), Toshkent-Qarshi (1 ta) yo`nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga bajarilgan qatnovlarda xizmat ko`rsatiladigan amaldagi yo`lovchilar soni jami 12 400 dan 18 200 taga etkazilishi belgilangan.

“Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent-Buxoro (5 ta), Toshkent-Samarqand (4 ta), Toshkent-Qarshi (3 ta), Toshkent-Navoiy (2 ta), Toshkent-Namangan (2 ta), Toshkent-Nukus (3 ta), Toshkent-Termiz (4 ta), Toshkent-Urganch (3 ta), Toshkent-Farg`ona (3 ta), Farg`ona-Urganch (1 ta), Farg`ona-Buxoro (1 ta), Buxoro-Urganch (1 ta) yo`nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan reyslarda 4 608 ta yo`lovchiga xizmat ko`rsatiladi.

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent-Buxoro (1 ta), Toshkent-Farg`ona (1 ta), Toshkent-Samarqand (1 ta) yo`nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan yo`nalishlarda 1044 ta yo`lovchiga xizmat ko`rsatiladi.

“My Frieghter” (Centrum-Air) aviakompaniyasi tomonidan
Toshkent-Buxoro (1 ta), Toshkent-Termiz (1 ta), Toshkent-Samarqand (1 ta) yo`nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan yo`nalishlarda 1080 ta yo`lovchiga xizmat ko`rsatiladi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi

27 iyun kuni Toshkent – Urganch – Toshkent (2 ta), Toshkent – Nukus – Toshkent(1 ta), Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta) yo`nalishlarida qo`shimcha parvozlar amalga oshiriladi.

27 iyun kuni Toshkent – Urganch – Toshkent (2 ta), Toshkent – Nukus – Toshkent(1 ta), Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta) yo`nalishlarida qo`shimcha parvozlar amalga oshiriladi.

28 iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta), 30 iyun kuni esa Toshkent – Urganch – Toshkent (1 ta) yo`nalishida qo`shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

28 iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta), 30 iyun kuni esa Toshkent – Urganch – Toshkent (1 ta) yo`nalishida qo`shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

2 iyul kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent (1 ta) yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar