Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumanida kanaldan chaqaloqning jasadi topilganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasining xabarlarga aniqlik kiritishicha, holat joriy yilning 21 iyun kuni sodir bo`lgan. Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o`tuvchi kanaldan o`g`il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotida chaqaloq o`lik holatda tug`ilganligi ma`lum qilingan.
Tuman prokuraturasi tomonidan hodisaga aloqador bo`lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va boshqa holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.
Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o`rnatilgan.






