AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" chillada o`zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotganini ma`lum qildi

'"O`zgidromet" chillada o`zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotganini ma`lum qildi'ning rasmi

Odatda iyul - yozning eng qizg`in davri va aynan iyul oyida O`zbekistonda eng yuqori havo haroratlari kuzatiladi. 

"O`zgidormet" ma`lum qilinishicha, O`zbekistonda iyul oyining o`rtacha maksimal harorati (yoki iqlim me`yori) 35-37 darajani, janubda va cho`l hududlarda 38-40  darajani tashkil etadi. Har yili iyul oyida kuchli issiq davrlar kuzatiladi, bunda havo harorati 39-41 darajagacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43-45 darajagacha ko`tariladi, eng issiq yillarda esa undan ham yuqori bo`ladi.

So`nggi 8 yil ichida O`zbekistonda barcha iyul oylari iqlim me`yoridan issiqroq bo`ldi va meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq o`ntalikka kirdi.

O`zbekistonda 2019 yilning iyul oyi eng issiq bo`lib, uning o`rtacha harorati me`yordan 2-4 darajaga yuqori bo`ldi. 2018 yil va 2021 yillarning iyul oylari 2019 yil iyul oyining harorat foni bo`yicha yaqin bo`ldi. Shu yillarda maksimal havo harorati 40-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 44-45 gacha ko`tarildi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda havo haroratining (46-48) tarixiy maksimumi qayd etildi.

Respublikaning qolgan hududlarida maksimal haroratning mutlaq rekordlari boshqa yillarda o`rnatildi. Shunday qilib, Toshkentda havo harorati 44,6 darajani tashkil etgan rekord hali ham saqlanib turibdi, u 25 yil oldin - 1997 yil iyul oyida qayd etilgan.

2023 yil iyun oyida O`zbekiston aholisi uzoq vaqt davomida juda issiq ob-havoni kuzatdilar. Issiq deyarli oyning boshidan boshlandi va ikkinchi o`n kunlikning oxirigacha davom etdi.

Iyun oyining oxirgi o`n kunligi o`rtalarida issiq sezilarli darajada zaiflashdi va havo harorati qisqa davrga iqlim me`yoridan pastga tushdi. Oyning oxiriga kelib, havo harorati yana ko`tarila boshladi.

Kelayotgan iyul oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Jahon prognostik markazlarining hisob-kitoblariga asosalangan holda, "O`zgidromet"ning dastlabki prognozi bo`yicha iyul oyi juda issiq BO`LMASLIGI kutilmoqda.

Hududning katta qismida o`rtacha oylik harorat o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqin bo`lishi kutilmoqda va faqat shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda me`yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo`ladi.

O`zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3 iyul kunlari havo haroratining qiymatlari 37-40 darajaga, cho`l hududlarda va respublikaning janubida 41-43 darajaga etadi.

Lekin iyul oyi birinchi o`n kunligining o`rtalariga kelib, harorat 3-5 darajaga pasayishi kutilmoqda.

Keyinchalik, oyning oxirigacha havo harorati kechalari 20-25 daraja atrofida, ba`zi joylarda 27 darajagacha, kunduz kunlari 33-38 darajagacha, ayrim kunlarda 39-41 darajagacha, janubda va cho`l hududlarda 42-45 darajagacha bo`ladi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda, asosan tog` oldi va tog`li hududlarda, ayrim kunlarda mahalliy qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar