Ertaga, 28 iyundan respublika bo`ylab saylov uchastkalari soat 11:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochiladi.
Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Saylov kuni o`z yashash joyida bo`lish imkoniyatiga ega bo`lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish 2023 yil 28 iyun kuni boshlanib, 2023 yil 5 iyul kuni yakunlanadi.






