Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan poytaxtda 28 iyun kuni soat 00:00 dan soat 07:30 ga qadar ayrim ko`chalarda transport vositalari harakati to`xtatiladi.
Jumladan,
Mirzo Ulug`bek tumani:
- «To`ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo`li ko`chasi - Sho`rtepa ko`chasidan, Buyuk Ipak yo`li - Sultoniya ko`chasigacha.
Bektemir tumani:
- «Xo`ton» masjidi oldidagi Bektemir shoh ko`chasi - Husayn Boyqaro ko`chasidan Bektemir yo`li ko`chasigacha.
Olmazor tumani:
- «Islomobod» masjidi oldidagi KXAY ko`chasi - KXAY– Sag`bon ko`chalari chorrahasidan, Nurafshon - Sag`bon ko`chalari chorrahasigacha;
- «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko`chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko`chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko`chalari chorrahasigacha.
Shayxontoxur tumani:
- «Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko`kcha Darvoza – Nurafshon ko`chalari chorrahasidan Ko`kcha Darvoza –
- Beshqayrag`och ko`chalari chorrahasigacha;
- «Xo`ja Alambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko`chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko`chalari chorrahasigacha;
- «Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko`chasi – Nurafshon – Sebzor ko`chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko`chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
- «Ubay ibn Ka`b» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko`chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko`chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha;
- «Katta Qozirobod» masjidi oldidagi Chilonzor ko`chasi – Chilonzor – Cho`ponota ko`chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko`chalari chorrahasigacha;
- «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So`galli ota ko`chasi – Al-Xorazmiy – So`galli ota ko`chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko`chasidan – So`galli ota ko`chasigacha;
- «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy ko`chalari kesishgan ko`prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo`lgan yo`lda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
- «Abdullox ibn Ma`sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko`chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko`chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa`ni ko`chalari chorrahasigacha;
- «Hazrati Ali» masjidi Nazarbek-Maxorat ko`chalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko`chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
- «Minor» masjidi oldidagi KXAY ko`chasi – KXAY va Ko`rgazma ko`chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko`chalari chorrahasigacha;
- «Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog`ishamol ko`chasi – Bog`ishamol ko`chasidan Shivli ko`chasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- «Usmon bin Ma`zun» masjidi oldidagi KXAY ko`chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko`chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
- «Islom ota» masjidi oldidagi Farg`ona yo`li ko`chasi – Farg`ona yo`li – Fitrat ko`chalari chorrahasidan Farg`ona yo`li – Tolimarjon ko`chalari chorrahasigacha;
- «Ali ibn Abu Tolib» masjidi oldidagi Cho`lpon ko`chasi - Imom Buxoriy - Cho`lpon ko`chalari chorrahasidan, Cho`lpon - Salohiyat ko`chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
- «Qo`liq ota» masjidi oldidagi TXAY ko`chasi – Qo`yliq bozori ko`prik ostidan TXAY va Munis ko`chalari chorrahasigacha cheklanadi.
Masjidlar joylashgan boshqa ko`chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so`ragan holda, vaqtincha aylanma yo`llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz, deyiladi xabarda.






