O`zining serqirra faoliyati hamda beqiyos ilmiy-ma`rifiy merosi bilan islomiy tafakkur va madaniyatni ravnaq toptirish, muqaddas dinimizning ulug` insoniy g`oyalarini xalqimizga etkazish, mashhur ulamolarimizning bebaho asarlarini chuqur tadqiq etish, turli mamlakat va o`lkalarda keng targ`ib qilish borasidagi ko`p yillik samarali mehnati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yo`lga qo`yish, millat va elatlar o`rtasida hamjihatlik va ahillikni mustahkamlash, jamiyat hayotida ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlashga qo`shgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan etuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo`lidagi alohida xizmatlari uchun O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev






