29-30 iyun hamda 1 iyul kunlari Davlat xizmatlari markazlari aholiga xizmat ko`rsatadi.
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yilning 28 iyun – 2 iyul kunlari dam olish kuni etib belgilangan.
Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari dam olish kunlari ham xalqimiz xizmatida bo`lishi ma`lum qilindi.
Xususan, 29 iyun – 1 iyul, ya`ni payshanba – shanba kunlari Respublikamizning barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari soat 09:00 dan 15:00 ga qadar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatadi.






