AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "Yosh chegarachilar" klublari tashkil etiladi

'O`zbekistonda "Yosh chegarachilar" klublari tashkil etiladi'ning rasmi

26 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi qarori [261-son] bilan "Yosh chegarachilar" to`g`risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Nizomga ko`ra, chegaraoldi shahar va tumanlardagi maktablarda "Yosh chegarachilar" klublari tashkil etiladi. Klub maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ramziy bayrog`i, vimpeli va shioriga ega bo`ladi.

Klub a`zoligiga maktablarning 9, 10 va 11-sinf o`quvchilari, o`z xohishiga ko`ra, cheklanmagan miqdorda qabul qilinadi. Klubga qabul qilish uchun a`zolik badali yoki boshqa to`lovlar amalga oshirilishiga yo`l qo`yilmaydi. Qaror bilan shuningdek, "Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o`tkazish tartibi belgilandi.

Unga ko`ra, "Yosh chegarachilar" klublarining chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi (10−11-sinf) a`zolari o`rtasida quyidagi 3 bosqichli musobaqalar o`tkaziladi:

  • tuman (shahar) bosqichi — mart-aprel oylarida;
  • viloyat (Qoraqalpog`iston Respublikasi) bosqichi — aprel oyining uchinchi o`n kunligida;
  • respublika bosqichi — may oyining ikkinchi o`n kunligida.

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoa o`quv yilining boshida klubning musobaqa shartlari bo`yicha yuqori natija ko`rsatayotgan 10 nafar a`zosidan (8 nafar o`g`il, 2 nafar qiz) iborat tarkibda tuziladi.

Musobaqaning har bir bosqichida 1, 2 va 3-o`rinni egallagan jamoalar diplom, kubok va sovg`alar bilan mukofotlanadi.

    Boshqa yangiliklar