Shokolad foydami yoki zarar?

Salomatlik 13.10.2016, 16:32
Teglar: Salomatlik
Shokolad foydami yoki zarar?

Bu savol yoshu qarini birdek qiziqtirishi tabiiy. Chunki shugina bir bo`lak shirinlik haqida turli ma`lumotlar ko`pligidan ularning qay bir haqiqat-u, qay bir afsonaligini, ko`pincha, ajratolmay qolamiz. Keling, bunga oydinlik kiritsak...

Shokolad – ortiqcha vazn sababchisimi?

Qisman haqiqat. Shokolad — haqiqatan ham yuqori kaloriyali egulik. Lekin uning kaloriyalari asosini faqat sut va glyukoza tashkil etadi. Shokoladning uglevodlari engil hazm bo`lgani bois, tez sarflanadi. Biroq uni ko`p miqdorda iste`mol qilish natijasida uglevodlarning organizmda “ortiqcha” yog` sifatida to`planishi ehtimoli bor. Shokoladni me`yorida tanovvul qilish esa sog`lom ovqatlanish tartibining bir qismi bo`lishi ham mumkin.

Quvvat manbai

Haqiqat! Shokoladning asosiy qismini tashkil etadigan qand va yog` moddasi organizmga kerakli miqdorda quvvat baxsh etadi. Asab tizimi va mushaklar harakatining salomatligi uchun shirinlik tarkibidagi magniy hamda kalsiy javobgar. Shuning uchun shokolad bolalar va sport bilan shug`ullanuvchilar uchun juda foydalidir.


Qo`zg`atuvchanlik xususiyatiga ega

Haqiqat! Mahsulot tarkibidagi teobromin va kofein asab hamda yurak qon-tomir tizimini engil qo`zg`atuvchi xususiyatga ega. Shokolad uglevodlar qabul qilish uchun engil va tez sarflanadigan quvvatni beradi, kakao moyidagi yog`lar esa sekinroq hazm bo`ladi, shu bois, organizmni uzoqroq muddatga quvvat bilan ta`minlaydi.

Kofein moddasi ko`p

Balki... Aslida, esa bitta o`ram shokoladda bor yo`g`i 30 mg. kofein mavjud bo`lar ekan. Bir finjon qahvada esa naq 180 mg. kofein bor. 

Yurak qon-tomirlariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi

To`g`ri. Kardiologlar kakao donlarida yurak qon-tomir tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan polifenol moddasi borligini aniqlashgan. Ular qonning yaxshi aylanishini ta`minlashi natijasida yurakka kamroq og`irlik tushishiga sabab bo`ladi. Shuningdek, kakao immun tizimi faoliyatini ham yaxshilaydi. Davolanish maqsadida shokoladning faqatgina oliy-achchiq turini tanlash tavsiya etiladi.

Tishlar uchun koni zarar

Bunday emas. Boshqa shirinliklarga nisbatan shokoladning xavflilik darajasi kamroq. Chunki kakao tish emali zararlanishiga to`sqinlik qiladi. Shokolad tarkibidagi kakao moyi tishlarda himoya qobig`ini hosil qiladi. Yapon olimlari kakao donlarining ushbu foydali xususiyatidan foydalanib, ularni tish pastasi tarkibiga qo`shish taklifini bildirishgan.

Ehtiroslarni kuchaytiradi

To`g`ri. Kakao donlarining iste`molga yaroqliligini aniqlagan qadimgi ajdodlar buni juda yaxshi bilishgan. Ular kuchlariga-kuch qo`shilishi uchun mazkur shirinlikdan ko`p tanovul qilishgan. Bunga sabab kofein va teobromin moddalaridir. Xullas, tun oldidan bir bo`lak shokolad eyish faqatgina ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Unga o`rganib qolinadimi?

Yuqorida ta`kidlanganidek, shokolad tarkibida kofein moddasi juda oz miqdorda. O`rganish hissini paydo qiladigan teobromin moddasi ham unchalik ko`p emas. Agar bir kunda 400-500 gr. shokolad eyilsa, unda o`rganish hissi paydo bo`lishi aniq. Sarxushlik holati yuzaga kelishi uchun esa kamida 55 o`ram shokalad eyish lozim bo`ladi.

Allergiya paydo bo`ladi

To`g`ri. Ayrim kishilarda kakao tarkibidagi proteinga nisbatan allergiya bo`ladi. Bunday odamlar shokoladdan butunlay voz kechishlari shart emas. Chunki hozirgi vaqtda katta do`konlar peshtaxtasida proteinsiz shokoladni qiyinchiliksiz topish mumkin.

Qiyin hazm bo`ladi

Noto`g`ri. Sifatli shokolad hech qachon hazm qilish jarayonida muammo tug`dirmaydi. Aksincha, u hazmni tezlashtiradi va ichaklarning mushaklari qisqarishiga ta`sir ko`rsatadi. Shokolad iste`mol qilinganidan so`ng bir soat o`tiboq, hazm bo`ladi.

Bu qiziq...

  • Muntazam shokolad iste`mol qiladiganlarda yurak kasalliklariga moyillik 37 foizga kamayar ekan.
  • Miyadagi serotonin moddasini ko`paytirgani uchun shokolad kayfiyatni yaxshilaydi.
  • Shokolad ochlik hissini bartaraf qiladi. Buning uchun 10 gramm qora shokolad eyishning o`zi kifoya.
  • Shokoladxo`rlar uzoq umr ko`rishadi. Bu ma`lumot 60 yil davom etgan tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Doimiy ravishda shokoladni me`yorida eyish insonning umrini bir yilga uzaytirar ekan.
  • Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, shokolad odamning fikrlash qobiliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatar ekan. Farzandingiz matematik misollarni bajarishga qiynalsa, uni shokolad bilan siylashni tavsiya etamiz.
  • Statistik ma`lumotlarga ko`ra, qaysi mamlakatning aholisi shokoladni muntazam iste`mol qilsa, o`sha erda Nobel mukofoti lauretlari ko`p bo`lar ekan.

 

DILNOZA tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1