Joriy yilning 24 iyun kuni soat 23:30 larda Yashnobod tumani Yangi O`zbekiston ko`chasida 1997 yilda tug`ilgan J.X. boshqaruvidagi Vaz 2106 hamda 1992 yilda tug`ilgan I.S. boshqaruvidagi BMW rusumli motosikli ishtirokida YTH sodir bo`ldi.
YTH natijasida BMW rusumli motosikl haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






