Guliston shahar, 3-mavze, Bog`ishamol mahallasi, Quruvchilar ko`chasi, 6/11-uyda yashagan 16.04.1962 yilda tug`ilgan, millati o`zbek, vaqtincha ishsiz Xolboeva Bashorat Solibekovna 2023 yil 22 iyun kuni uyidan chiqib ketib bedarak yo`qolgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Alohida belgilari: bo`yi 160 sm atrofida, qosh ko`zlari qora rangda, sochlari kalta qora rangda, iyagida qora xoli bor, egnida pushti gulli chit ko`ylagi bo`lgan, oyog`ida shippak bo`lgan.
Ushbu shaxs haqida ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`raladi.
Tel: 102, 99-477-20-60, 97-121-55-05, 97-245-05-77, 91-507-00-55, 67-225-44-86, 78-221-02-72
Ushbu fuqaroni topilishida ko`maklashgan fuqarolar 10 so`m pul mablag`i bilan mukofotlanadi. Xabar bergan shaxslarning shaxsiga oid ma`lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.






