AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston prezidentligiga nomzodlarning vakillari o`rtasida navbatdagi teledebat bo`lib o`tadi

'Bugun O`zbekiston prezidentligiga nomzodlarning vakillari o`rtasida navbatdagi teledebat bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan 2-iyul kuni soat 18:00 da Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o`rtasida navbatdagi TELEDEBAT bo`lib o`tadi.

Teledebatni siz “O`zbekiston 24”, “O`zbekiston”, “Mahalla”, UzReport",  "Renessans", "Zo`rTV", "MY5", "Sevimli" va “Milliy” telekanallarida o`zbek tilida (surdo tarjima bilan);

“Yoshlar” telekanalida ingliz tilidagi tarjimasi bilan;

“Dunyo bo`ylab” va “Toshkent” telekanallarida rus tilidagi tarjimasi bilan;

“Qoraqalpog`iston” telekanalida qoraqalpoq tilidagi tarjimasi bilan tomosha qilishingiz mumkin.

Teledebat davomida nomzodlarning davlat boshqaruvi va sud-huquq sohalarini rivojlantirish borasida ilgari surayotgan g`oyalari, rejalari haqida bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar