AsosiyJamiyat

Xorazmda yurib ketayotgan Damas yonib ketdi

'Xorazmda yurib ketayotgan Damas yonib ketdi'ning rasmi

Xorazm viloyati Shovot tumanida harakatlanib ketayotgan Damas'da yong`in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 1 iyul kuni soat 21:56 da Shovot tumani “Paxtakor” mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-159 avtomobil yo`lida harakatlanib ketayotgan fuqaro M.S. boshqaruvidagi Damas mashinasida yong`in sodir bo`lgan. Yong`in oqibatida avtomobilning dvigatel va salon qismi yongan.

Voqea joyiga Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruvchilari zudlik bilan etib borib, soat 22:12 da avtomobilda yuzaga kelgan yong`inni to`liq bartaraf etgan. 

Yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar