30 iyun kuni "Uzbekistan airways" AJ Toshkent–Urumchi yo`nalishi bo`yicha COVID –19 koronavirus pandemiyasidan keyingi birinchi parvozini amalga oshirdi.
"Uzbekistan Airways" xabariga ko`ra, 2023 yil 30 iyundan boshlab milliy aviakompaniya Toshkentdan Urumchiga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Urumchiga har hafta juma kuni, Urumchidan Toshkentga esa parvozlar ertasi kuni – shanba kuni amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, ushbu yo`nalishdagi havo qatnovlari pandemiya sababli 2020 yil yanvar oyida to`xtatilgan edi.






