AsosiyJamiyat

Bugun bir guruh Hojilarimiz O`zbekistonga qaytadi

'Bugun bir guruh Hojilarimiz O`zbekistonga qaytadi'ning rasmi

"Haj – 2023" mavsumini ko`tarinki kayfiyatda yakunlagan ziyoratchilarimiz joriy yil 4-22 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan O`zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg`ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib keladilar.

"Haj – 2023" tadbirining uzluksiz va tartibli o`tkazilishida "Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyatidan malakali uchuvchi va bortkuzatuvchilari jalb etilgan. Hojilarimizga havo sahnida turli taom va ichimliklar taqdim etiladi, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar