AsosiyJamiyat

Toshkentda 25 yoshli haydovchi 12 yoshli bolani urib yubordi

'Toshkentda 25 yoshli haydovchi 12 yoshli bolani urib yubordi'ning rasmi

Toshkent shahar Sergeli tumanida Lacetti yo`ldan o`tayotgan yosh bolani urib yubordi. YHXB holat yuzasidan ma`lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko`ra, 4 iyul kuni soat 19:30 larda haydovchi 1998 yilda tug`ilgan S.S. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda ko`chasida, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda — 2011 yilda tug`ilgan O.S.ni urib yuborgan. 

Natijada piyoda O.S. turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar