AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushiriladi

'Sirdaryoda 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushiriladi'ning rasmi

Sirdaryoda 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma ishga tushirildi. Qurilma to`xtab turganda va harakat davomida ham bir qancha qoidabuzarliklarni aniqlaydi:

- o`zi bilan bir yo`nalishda va qarama-qarshi yo`nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to`xtash va to`xtab turish;
- harakatlanish tezligini me`yoridan oshirish;
- svetoforning taqiqlovchi chirog`iga amal qilmaslik (to`xtash chizig`ini bosish);
- yo`lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo`ljallangan tomoniga yoki bo`lagiga chiqishi;
- yo`lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo`yilgan talablarga rioya etmaslik;
- yo`nalishli transportlar harakati uchun mo`ljallangan tasmalarga o`tib harakatlanish yoki to`xtash tartibi va ushbu tasmada belgilangan talablarni buzish;
- davlat raqam belgisi orqali avtomobil qidiruvda yoki yo`qligini aniqlaydi.

    Boshqa yangiliklar