O`zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilish tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar diqqatiga muhim ma`lumotlar e`lon qilindi.
Ma`lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o`qishga qabul qilish va o`qitishni tashkil etish tartibi to`g`risidagi Nizom talablaridan kelib chiqib, bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo`nalishi bo`yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant)2023 yil 12 iyul kuni Nukus shahri, Toshkent shahar va viloyatlar markazlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Imtihon o`tkazish vaqti va manzillari haqida to`liq ma`lumotni Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (https://my.uzbmb.uz/) maxsus elektron platformasi,shuningdek,Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog`liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz) orqali tanishib borishingiz mumkin.