AsosiyJamiyat

"UzAuto Motors Powertarin" zavodi “Machining head” va “Silindr bloklari”ni ishlab chiqaradi

'"UzAuto Motors Powertarin" zavodi “Machining head”  va “Silindr bloklari”ni ishlab chiqaradi'ning rasmi

Kecha, 4 iyul kuni  "O`zavtosanoat" AJ tarkibiga kiruvchi "UzAuto Motors Powertarin"  zavodida O`zbekiston avtomobilsozlik sanoatida muhim voqelik - Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishda foydalaniluvchi CSS-Prime yangi avlod dvigatellarining “Machining head”  va “Silindr bloklari” liniyalari tantanali tarzda ishga tushirildi. Mazkur liniyaning ishga tushirilishi korxona rivojining yangi bosqichga ko`tarilishi hamda "Power To Drive" shiori ostida faoliyat yuritishiga turtki bo`ldi.

Eslatib o`tish joizki, ushbu avlod dvigatellarini yig`ish "UzAuto Motors Powertarin" zavodida 2022 yilning dekabr oyidan boshlangan. Bugundan boshlab korxonada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi oshiriladi, ya`ni zavodga keltiriluvchi ishlanmagan detallar (xomashyo)lar yuqori aniqlikda ishlovchi eng ilg`or texnologiyalardan foydalangan holda qayta ishlanadi.

Mexanik qayta ishlash liniyasining ishga tushirilishi CSS-Prime dvigatellarining mahalliylashtirish darajasini oshirilishiga, shuningdek, komponentlarni to`g`ridan-to`g`ri yig`uv liniyasiga etkazib berish orqali sifatning ham ortishiga sabab bo`ladi. Kelgusida dvigatellarning mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida “silindr bloki” va “Machining head” larni yuqori bosimda ishlab chiqaruvchi quyuv sexini ishga tushirish rejalashtirilgan. Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning dekabr oyida CSS-Prime dvigatellarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilgach, zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 415 000 donaga etkazildi.

"MDH davlatlarida analogi bo`lmagan yuqori aniqlikdagi va yuqori sifatli ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishda qo`shgan hissangiz uchun barchangizga ulkan minnatdorchilik bildiraman. Yangi avlod CSS-Prime  dvvigatellari liniyasining mahalliylashuvi har qanday sharoitda avtomobilning ishonchli ishlashini ta`minlash imkonini beradi. Bundan tashqari ushbu dvigatellar Evro-6 standartiga mos keluvchi yuqori ekologik tozalikka ega bo`lib, bu mahsulotning ichki va tashqi bozordagi istiqbolini yana kengaytiradi", - deya ta`kidladi "UzAuto Motors Powertarin"zavodining Bosh direktori Bo Andersson.

"UzAuto Motors Powertarin" zavodi nafaqat O`zbekiston hududida, balki xorijiy davlatlarga ham iste`molchilar talablariga javob beradigan sifatli dvigatellarni ishlab chiqarishga intilmoqda. Mazkur dvigatellarni yig`ish to`liq zavod hududida amalga oshirilmoqda, buning natijasida Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillarining mahalliylashtirish darajasi bir pog`ona yuqoriga ko`tarildi.

Dvigatellarni mahalliylashtirishning navbatdagi bosqichi noldan qurilgan yangi quyuv sexining ishga tushirilishi bo`lib, bu erda CSS-Prime dvigatellari uchun qoliplar ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar