Buxoro viloyati IIB Kiberxavfsizlik xizmati va tuman IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida bank xodimi tomonidan 41 nafar odamning plastik kartasidan pullarni o`g`irlangani aniqlandi.
2002 yilda Buxoro viloyatida tug`ilgan G`ijdivon tumanidagi bank filiali sayyor kassasida ishlaydigan kassirga nisbatan hozirda Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Tergov harakatlari davomida ushbu kassir 2022 yilning noyabr oyidan 2023 yilning mayiga qadar fuqarolarning pensiya to`lovlari, moddiy yordam va 2 yoshgacha bola puli uchun ochilgan 41 ta bank kartasidan 21 mln 900 ming so`m echib olgani va o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlandi.
Hozirda o`g`irlangan pullarning barcha egalariga qaytarilgan va holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






