Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi qishloqlarning birida elektr va gaz yo`qligi va aholi oziq-ovqat uchun qayiqda suzib borayotgani aytildi. Tuman hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, 2020 yilda 1 kv quyosh batareyalaridan 45 ta xonadonga o`rnatib berilgani, bundan tashqari, 2022 yilda To`palang suv ombori yon tomonidan yo`l qurib borilgani va avtomashinalar harakatlana olishi uchun imkoniyat mavjudligi hamda Tumangaz ta`minoti bo`limi tomonidan har oyning 10-sanasigacha gaz ballonlari etkazib berilishi aniqlandi.






