AsosiyJamiyat

O`zbekiston Milliy gvardiyasining qo`riqlash-patrul xizmati tashkil etish to`g`risida qaror loyihasi e`lon qilindi

'O`zbekiston Milliy gvardiyasining qo`riqlash-patrul xizmati tashkil etish to`g`risida qaror loyihasi  e`lon qilindi'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo`riqlash bosh boshqarmasining qo`riqlash-patrul xizmatini tashkil etish to`g`risida"gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi  e`lon qilindi

Unga ko`ra, O`zbekiston Milliy gvardiyasining qo`riqlash-patrul xizmati tashkil etiladi. Qo`riqlash-patrul xizmati o`z faoliyatini davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik subektlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning talabidan kelib chiqib, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta`minlash va shu hududda obektlarni qo`riqlash bo`yicha ixtiyoriy ravishda tuziladigan shartnoma asosida ko`rsatiladigan qo`riqlash xizmatlari uchun tushadigan mablag`lar hisobiga o`zini o`zi mablag` bilan ta`minlash tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Qo`riqlash-patrul xizmati naryadlari tarkibi ikki yoki uch nafar xodimlardan iborat bo`ladi. Qo`riqlash-patrul xizmati naryadlari o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni shartnomada belgilangan hududda, yo`nalish bo`ylab, maxsus avtotransportda amalga oshiradi. Qo`riqlash-patrul xizmati naryadlarining maxsus avtotransportdagi yo`nalishining masofasi 6-8 km.ni tashkil etadi. Tuzilgan shartnoma talablariga ko`ra mazkur masofa uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.

Shuningdek, Qo`riqlash-patrul xizmati naryadlarining maxsus avtotransport vositasi avtomobil radiostansiyasi, maxsus nur va

    Boshqa yangiliklar