AsosiyJamiyat

“Samarqand tashabbusi maydonchasini ishga turishirish to`g`risidagi g`oya dolzarb ahamiyat kasb etadi”

'“Samarqand tashabbusi maydonchasini ishga turishirish to`g`risidagi g`oya dolzarb ahamiyat kasb etadi”'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi nutqiga Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasining Evroosiyo tadqiqotlari instituti direktori Din Syaosin munosabat bildirdi. Unga ko`ra

- O`zbekiston etakchisi har doimgidek ShHT doirasidagi hamkorlikning barcha muhim sohalari va yo`nalishlarini qamrab oluvchi bir qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.

BMT bilan hamkorlikda global va mintaqaviy kun tartibiga doir o`tkir muammolarni muhokama qilish uchun doimiy ishlovchi Samarqand tashabbusi maydonchasini ishga turishirish to`g`risidagi g`oya dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu tashabbus barqarorlik va taraqqiyot borasidagi umumiy manfaatlar yo`lida tamomila yangi, zarur takliflarni ishlab chiqish, hozirgi kundagi chaqiriqlar va xavf-xatarlar qarshisida yakdillikni namoyish etish imkonini beradi.

O`zbekiston Rahbari xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan vazifalarni tilga oldi. Yangi axborot-kommunikasiya texnologiyalarining jadal rivojlanib, ayniqsa, yoshlar va voyaga etayotgan avlod oldida vujudga kelayotgan radikallashuv xavf-xatarlarini inobatga olganda, ShHT makonida ekstremistik g`oyalarga qarshi turish bo`yicha qo`shma dasturni qisqa muddat ichida ishlab chiqish tashabbusini alohida qayd etib o`tmoqchiman.

 

    Boshqa yangiliklar