AsosiyJamiyat

Toshkentdan Xiva va Qarshi yo`nalishida ham qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi

'Toshkentdan Xiva va Qarshi yo`nalishida ham qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida "Toshkent — Xiva — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha 2 ta reysga qatnovlar yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma`lum qilinishicha, reyslar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

2023 yilning 7, 9 iyul kunlari 156-sonli "Toshkent — Xiva" yo`nalishi:

Toshkent 16:28 — Xiva 7:10

2023 yilning 8, 10 iyul kunlari 155-sonli "Xiva — Toshkent" yo`nalishi:

Xiva 8:28 — Toshkent 00:30

Shuningdek, 2023 yilning 10 iyul kuni 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo`nalishida "Afrosiyob" elektropoezdining qo`shimcha 1 ta reys harakati yo`lga qo`yildi. Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

780-sonli “Toshkent — Qarshi” yo`nalishi

Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21

779-sonli “Qarshi — Toshkent” yo`nalishi

Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. 

Ma`lumot uchun: chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin: eticket.railway.uz.

Eslatib o`tamiz, sal avval Toshkent-Samarqand-Toshkent yo`nalishida qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yilgan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar