AsosiyJamiyat

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov videosidan foydalanilgan feyk xabar tarqalmoqda (video)

'Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov videosidan foydalanilgan feyk xabar tarqalmoqda (video)'ning rasmi

“Feysbuk” hamda “Telegram” ijtimoiy tarmoqlarida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning videotasviriga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berilgan feyk videoxabarlar tarqlmoqda. Bu haqda IIV Kiberxavsizlik markazi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, feyk xabarlarni  virtual firibgarlik bilan shug`ullanib kelayotgan shaxslar tarqatmoqda. Unda mazkur “Telegram” kanalda pulga muhtoj insonlarga yordam beradi deya ta`kidlanib, har bir O`zbekiston fuqarosiga 17 million so`m va`da qilinadi. Videoda muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning intervyusiga rus tilida feyk ma`lumotlar montaj qilingan.

“17.000.000 sum dlya kajdogo jitelya Uzbekistana” mazmunidagi xabarlarga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg`on! Ogoh bo`ling! Firibgarlar tuzog`iga tushib qolmang, o`zingiz va yaqinlaringizni himoya qiling!” - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar