AsosiyJamiyat

Kelgusi o`quv yilidan bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to`liq davlat grantiga o`tkaziladi

'Kelgusi o`quv yilidan bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to`liq davlat grantiga o`tkaziladi'ning rasmi

Kelgusi o`quv yilidan bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to`liq davlat grantiga o`tkaziladi. Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma`lum qildi.

“Pedagogika yo`nalishidagi oliygohlarni alohida yondashuv asosida rivojlantiramiz.

Kelgusi o`quv yilidan:

  •  bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to`liq davlat grantiga o`tkazamiz;
  •  magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to`liq davlat hisobidan bo`ladi;
  •  kadrlar etishmaydigan, ta`lim sifati og`ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o`qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag`batlantirish tizimini yo`lga qo`yamiz.

Pirovardida, 2030 yilga borib bog`cha tarbiyachisi ham, maktab o`qituvchisi ham faqat va faqat oliy ma`lumotli bo`ladi”, – dedi nomzod.

    Boshqa yangiliklar