Samarqand xalqaro aeroportida soat 13.30 dan 16.00 oralig`ida Samarqand shahri osmonida do`lga qarshi tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan uchish-qo`nish parvozlariga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda UZBEKISTAN AIRPORTS xabar berdi.
Silk Avia aviakompaniyasining Samarqand-Toshkent yo`nalishi bo`yicha US114 reysining uchishi bir necha soatga kechiktirildi. Jadvalga ko`ra, uchish 13:40 ga belgilangan edi.
Kechiktirilgan reyslar yo`lovchilari Samarqand aeroporti terminaliga joylashtirilgan.






