Qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi oylik pul kompensasiyasi sifatida to`lanadi. Bu haqda "O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu paytga qadar mazkur to`lov miqdori 75 000 so`mni tashkil etar edi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensasiyasi to`lash tartibi to`g`risidagi Nizom”ga o`zgartirishlar kiritilib, hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil 3 iyuldagi qarori bilan ushbu turdagi kompensasiyaning yangi miqdori belgilandi.
Unga ko`ra, benzin uchun kompensasiya miqdori 2023 yil II chorakdan boshlab 116 180 so`mni tashkil qiladi (55 foizga oshdi).
Kompensasiya olish huquqiga ega bo`lgan shaxslar yashash joyi bo`yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.
Ma`lumot o`rnida: Benzin uchun kompensasiya to`lovlari "O`zbekneftgaz" AJ tomonidan moliyashlashtiriladi.
06.07.2023 17:36
Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to`lanadigan kompensasiya miqdori oshirildi






