“Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida IT-klaster faoliyatini yo`lga qo`yish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishlari bo`yicha ta`lim berish va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorako`l IT-klasteri tashkil etiladi.
IT-klaster doirasida quyidagilar faoliyatini yo`lga qo`yiladi:
- zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;
- masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
- ilmiy-tadqiqot markazlari, o`quv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantirish inkubasiya markazi.
Buning uchun:
- birinchi bosqichda 2023 yil 31 dekabrgacha ma`muriy bino, o`quv laboratoriyasi va 5 600 o`ringa mo`ljallangan o`quv binolari quriladi;
- ikkinchi bosqichda 2024 yil 1 sentyabrgacha 1 300 o`ringa mo`ljallangan talabalar turar joyi, 15 o`ringa mo`ljallangan mehmonxona, 100 o`ringa mo`ljallangan inkubasiya markazi, 200 o`ringa mo`ljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari quriladi.






