AsosiyJamiyat

Navoiyda traktordagi uch prisep somon yonib ketdi

'Navoiyda traktordagi uch prisep somon yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Harakatlanib ketayotgan traktordagi uch prisep somon yonib ketibdi” deb nomlangan ma`lumotga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 4 iyul kuni soat 16:47da Navoiy viloyati Navbahor tumani, “Mehnat” MFY hududidan o`tuvchi “Uchtut-qalqon” yo`lining 3 km.da harakatlanib ketayotgan traktor  tirkamalaridagi somon  yonayotganligi to`g`risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong`in qutqaruv ekipajlari soat 17:02 da etib borishib, yong`in soat 17:06 da qurshab olingan va soat 17:15 da yong`in batamom o`chirilgan.

Yong`indan traktor tirkamalaridagi 300 dona samon press hamda tirkamani 1 dona g`ildirak shinasi yongan. Yong`indan tan jarohati olganlar yo`q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar