AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida tadbirkorning 1,8 mlrd so`mlik mahsulotini o`zlashtirgan menejerlar qo`lga tushdi

'Toshkent viloyatida tadbirkorning 1,8 mlrd so`mlik mahsulotini o`zlashtirgan menejerlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.P.” MChJ sotuv bo`yicha menejerlari D.E. va D.M. MChJga tegishli 1,8 mlrd so`mlik choy mahsulotlarini naqd pulga sotib, ushbu mablag`larni o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar