AsosiySport
4624

Ronaldu o`zini dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydi

Madridning “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o`zini dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini aytdi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.

“Men o`zimni dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblayman. Men eng yaxshi va eng kuchli bo`lish uchun ishlayman”, – dedi Ronaldu.

Oldinroq Ronaldu Marca va La Gazzetta dello Sport nashrlari o`quvchilari tomonidan EChLning o`tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi a`zosi Daily Mail nashri talqini bo`yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar