Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda renovasiya dasturlari haqida fikr bildirdi.
“Birgina Toshkent viloyatidagi jami 5 mingga yaqin ko`p qavatli uylarning yarmi bundan 50 yildan oldin qurilgan. Shu bois, yil yakunigacha ushbu uylarning joriy holati, jumladan zilzilaga chidamli ekanligi to`liq o`rganiladi.
Umuman, aholi bilan maslahatlashgan holda, ularning roziligi bilan xizmat muddatini o`tab bo`lgan massivlarni yangilash bo`yicha ishlarni amalga oshiramiz.
Albatta, bu jiddiy masala. Shuning uchun, renovasiyaning mustahkam huquqiy poydevori bo`lishi kerak.
Shu maqsadda, Renovasiya dasturlari faqat va faqat odamlarimizning roziligi va keng jamoatchilik fikrini olgan holda qabul qilinadi”, — dedi nomzod.