“Qamchiq” dovonidagi handaqdan ikki nafar odamning jasadi topildi. Bu haqda “darakchi.uz” manbasi xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 7 iyul kuni soat 19:20larda A-373 avtomobil yulining "Qamchiq" dovonidan o`tgan qismida qisqa muddatli kuchli yomg`ir yog`ishi kuzatilgan va sel suvlarini betalofat o`tkazishga mo`ljallangan metall quvur orqali handaqqa sel suvlari oqib tushgan. Handaqni sel massasidan tozalash jarayonida 2 nafar ayol fuqaroning jasadi topilgan.
Vafot etgan fuqarolarning har ikkalasi ham Namangan viloyatidan bo`lib, 27 yoshda ekani ma`lum bo`lgan.
Hozirda IIB Tezkor-tergov guruhi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.