AsosiyJamiyat

Sirdaryoda cho`kayotgan ona-bolani qutqargan yigit FVVga ishga olinadigan bo`ldi (video)

'Sirdaryoda cho`kayotgan ona-bolani qutqargan yigit FVVga ishga olinadigan bo`ldi (video)'ning rasmi

Kecha Sirdaryo viloyati Yangier tumanida 21 yoshli yigit cho`kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qolgan haqida xabar bergan edik.

Cho`kayotgan ona-bolani qutqargan yigit FVVga ishga olinadigan bo`ldi.

 Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliev Yangier shahri markazidan oqib o`tuvchi Janubiy Mirzacho`l kanalida cho`kayotgan, Saidislombek Abdulqosimzoda tomonidan qutqarib qolingan ona va bolaning xonadonida bo`lib, ularning holidan xabar oldi.

Ko`rsatgan jasorati uchun Saidislombekka minnatdorlik bildirildi va sovg`alar topshirildi. Shuningdek, u viloyat hokimi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ishlashga tavsiya qilindi.
 

    Boshqa yangiliklar