AsosiySalomatlik
6179

Charchoqni ketkazishning oddiy usuli

Yil boshida idora ishlari bilan uzzukun band bo`lib, sog`lig`imga ahamiyat bermadim. Endi esa charchoq tufayli qiynalayapman. Behol va lanj ahvolda yuraman. Kechqurunlari ishdan qaytgach, qanday oddiy tetiklashtiruvchi muolajalarni qo`llasam bo`ladi?

Nazira Rasulova, Samarqand viloyati

Nigora INOG`OMOVA, nevropatolog: — Surunkali charchoq bezovta qilganda uyqudan oldin 5 daqiqa davomida lavr bargi solingan vanna qabul qiling. Buning uchun 6-8 dona lavr yaprog`ini bir litr sovuq suvga solib, qaynating. 20 daqiqa tindirgach, bu tayyor «dori»ni iliq suv to`ldirilgan vannaga yoki cho`milish uchun ishlatiladigan suvga qo`shing. Shunday suvda cho`milsangiz, charchoqlaringiz ketib, huzur qilasiz.

Yana bir muolaja: 5 dona limonni mayda qilib to`g`rab, 2 litr sovuq suvga solib qo`ying. 2 soatcha tursin. Keyin suzib, vannadagi suvga qo`shing. Lavr bargli yoki limonli vannani haftada ikki marta qabul qilsangiz, samarasi yuqori bo`ladi.

Boshqa yangiliklar