O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o`rinbosari Bahrom Qo`chqorov fuqarolarning ovoz berish jarayonlari haqida navbatdagi ma`lumotlarni taqdim etdi. U
Ma`lum qilinishicha, soat 17:00 holatiga ko`ra, 19 270 212 saylovchidan 13 459 677 nafari, ya`ni 69,85% ovoz berib bo`ldi.
Hududlardagi saylov okruglari kesimida ovoz berganlar ulushi quyidagicha:
- Qoraqalpog`iston Respublikasi - 70,56%
- Andijon viloyati –74,83%
- Buxoro viloyati –72,34%
- Jizzax viloyati –75,58%
- Navoiy viloyati – 65,21%
- Namangan viloyati – 69,82%
- Samarqanda viloyati –71,02%
- Sirdaryo viloyati – 67,41%
- Surxondaryo viloyati – 68,03%
- Toshkent viloyati – 69,30%
- Farg`ona viloyati – 73,04%
- Xorazm viloyati – 64,16%
- Qashqadaryo viloyati – 68,98%
- Toshkent shahri – 63,35%
Singapur, Kuala-lumpur, Gunchjou va Vladivostok shaharlarida saylovlar yakunlandi. Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da Nyu-York va Vashington shaharlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish boshlanadi.
Xorijdagi 56 ta saylov uchastkalaridagi ovoz berish natijalari 14-Toshkent shahar saylov okrugi tomonidan umumlashtiriladi.
Bugun soat 20:00 da barcha 10 784 uchastkalarida ovoz berish to`liq yakunlanadi.






