10 iyul kuni soat taxminan 06:50 da Toshkent halqa yo`lining «Abu Saxiy» bozori yonidagi qismida 147-yo`nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusning motor qismida yong`in kelib chiqdi.
O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, soat 7:00 da voqea joyiga yong`in-qutqaruv guruhi etib kelgan. U etib kelguniga qadar bozorda bo`lgan o`t o`chirish brigadasi mavjud yong`in o`chirish vositalari yordamida yong`inni o`chirgan.
Yong`inga qisqa tutashuv sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda. FVV xabariga ko`ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.






