AsosiyJamiyat

Samarqandda 71 yoshli erkakning mashinasiga yo`lovchi sifatida o`tirgan ayol mashinani olib qochdi

'Samarqandda 71 yoshli erkakning mashinasiga yo`lovchi sifatida o`tirgan ayol mashinani olib qochdi'ning rasmi

IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko`ra, joriy yilning 4 iyul kuni Jomboy tumanida yashovchi 71 yoshli K.R. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda joriy yilning 4 iyul kuni soat 06:30 da o`zini boshqaruvida bo`lgan “SPARK” rusumli avtomashinasida Jomboy tuman markazida harakatlanayotgan vaqtida, yo`l-yo`lakay shu erda bo`lgan ayolni avtomashinasiga yo`lovchi sifatida olib, uni Jomboy tumani Zarafshon mahallasida joylashgan o`rmon xo`jaligi hududiga olib borishiga kelishib, so`ngra ayolni aytgan manziliga olib borayotib, hojatga chiqish maqsadida avtomashinasini to`xtatib, avtomashinadan tushgan vaqtida, noma`lum ayol uning ruxsatisiz unga tegishli avtomashinaning rul boshqaruviga o`tirib, avtomashinani noma`lum tomonga olib qochganligini bayon etib, uning avtomashinasini aniqlashda va ushbu ayolga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Ushbu avtomashinani qidirib topish maqsadida, viloyat miqyosida «To`sib ushlash» tadbiri e`lon qilinib, barcha YPX maskanlariga, YHXB xodimlariga bu haqda xabar berilgan. Natijada jabrlanuvchiga tegishli avtomashina noma`lum ayol tomonidan Tayloq tumani Galabotir mahallasi hududida boshqarib borayotgan vaqtida to`xtatilib, undan ushbu avtomashina tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Ushbu ayolning shaxsiga aniqlik kiritganda, u Jomboy tumani Dehqonobod mahallasida yashovchi 21 yoshli D.N. ekanligi va spirtli ichimliklar ta`sirida bo`lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan D.N.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, D.N. prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun Jinoyat kodeksida 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq jazo qo`llanilishi belgilangan. 

    Boshqa yangiliklar