2023 yil 9 iyul kuni soat 09:20 larda Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumanida tug`ilib, Chirchiq shahrida ota-onasi va singlisi bilan birga yashab kelayotgan 27 yoshli yigit uyning 8-qavatidan o`zini tashlab yuborib, halok bo`ldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, marhum D.R. besh yil davomida oila a`zolari bilan birgalikda Rossiyada ishlab, joriy yilning may oyi boshida O`zbekistonga qaytib kelgan. Shu kungacha, Bo`stonliq tumanida oilasiga tegishli bo`lgan dala hovlida qurilish ishlari bilan band bo`lgan.
Marhumning otasining so`zlariga ko`ra, joriy yilning mart oylaridan boshlab D.R.ning ruhiy holati buzilishi kuzatilgan. Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






