AsosiyJamiyat

Xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish va qo`llab-quvvatlash bo`yicha jahon tajribasi o`rganilmoqda

'Xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish va qo`llab-quvvatlash bo`yicha jahon tajribasi o`rganilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahrida Digital Leadership Forumi doirasida “Xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish va qo`llab-quvvatlash bo`yicha jahon tajribasi” mavzusida Women GAP in Tech davra suhbati (Round table) tashkil etildi.

Kun tartibida xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish va qo`llab-quvvatlash va xotin-qizlar uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va imkoniyatlar bo`yicha ilg`or xorijiy tajribalar muhokama qilindi.  

Davra suhbati davomida chet davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar fikrlari tinglandi va IT sohasida aksariyat hollarda ayol-qizlar duch keladigan muammolar muhokama qilinib, uning echimi borasida bir qator takliflar o`rganib chiqildi.

Shu bilan birga, Women GAP in Tech davra suhbati ishtirokchilari O`zbekistonda IT-sohasiga xotin-qizlarni jalb qilishda amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Isroil kabi davlatlar tajribasi, gender tenglikni ta`minlash masalalari borasida amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusi rejalar bilan tanishish imkoniga ega bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar