AsosiyJamiyat

Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tasdiqladi

'Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tasdiqladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining mazkur majlisida 2023 yil 9 iyul kuni bo`lib o`tgan muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.

Qayd etilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilar ro`yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi o`z xohish-irodasini erkin ifoda etib, o`zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Majlisda 2023 yil 9 iyul kuni o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari bo`yicha bayonnoma tuzildi hamda saylov natijalarini tasdiqlash to`g`risida qaror qabul qilindi.

Jumladan, saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Miromonovich Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to`g`risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Anvarovna Mahmudovaga saylovchilarning 4,43 foizi, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug`bek Ilyosovich Inoyatovga 4,02 foizi va O`zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Abdushukur Xudoyqulovich Hamzaevga 3,74 foizi yoqlab ovoz berilganligi bayonnomada aks ettirildi.

Bundan tashqari, majlisda muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to`g`risidagi masala ham ko`rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi. 

    Boshqa yangiliklar