AsosiyJamiyat

Investisiyalar jalb qilish bo`yicha vazirlik va tarmoq kompaniyalardagi ahvol yaxshi emas — Prezident

'Investisiyalar jalb qilish bo`yicha vazirlik va tarmoq kompaniyalardagi ahvol yaxshi emas — Prezident'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda

Unda Prezident investisiyalar jalb qilish bo`yicha vazirlik va tarmoq kompaniyalardagi ahvol ham yaxshi emasligi qayd etdi.

Investisiya olib kelish u yoqda tursin, ayrim rahbarlar mablag`i ancha avval kelgan loyihalarni o`z holiga tashlab qo`ygani qattiq tanqid qilindi.

Jumladan, “Suvta`minot” tomonidan Sirdaryo, Guliston, Sayxunobod tumanlari va Yangier shahrida 2021 yilda 76 million dollarlik loyihani amalga oshirish bo`yicha qarz bitimi imzolangan. Ushbu loyiha doirasida ishlar boshlanmagani oqibatida 250 ming aholining ichimlik suvini yaxshilash ishlari ikki yilga kechikmoqda.

Yoki, “Issiqlik elektr stansiyalari” 2019 yilda boshlangan “Talimarjon” elektr stansiyasida qo`shimcha 900 Megavattli bug`-gaz qurilmasini qurish loyihasi doirasida 690 million dollardan bugungi  kungacha  bor  yo`g`i 135 million dollari yoki faqat 20 foizi o`zlashtirilgan.

Suv xo`jaligida yil yakuniga qadar 16 ta yirik nasos stansiyasini xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish va energiya samaradorligini kamida 50 foizga oshirish doirasida sohaga 1 milliard dollar to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar kiritilishi kerak. Lekin bu yo`nalishda bironta o`zgarish qilgani yo`qligi ko`rsatib o`tildi.
 

    Boshqa yangiliklar