AsosiyJamiyat

Investisiyalarni jalb qilish va ularni o`zlashtirishda sustkashlik qilgan qator mansabdorlar lavozimidan ozod etildi, ayrimlariga "hayfsan" berildi

'Investisiyalarni jalb qilish va ularni o`zlashtirishda sustkashlik qilgan qator mansabdorlar lavozimidan ozod etildi, ayrimlariga "hayfsan" berildi'ning rasmi

Bundan to`rt yil avval “Toshkent-Samarqand”, “Toshkent-Andijon” pullik yo`llari va “Taxtaqoracha” dovonida pullik tonnel qurish topshiriqlari berilgan. Lekin na loyiha qilish, na investor jalb qilish bo`yicha haligacha amaliy ishlar boshlanmagan. Bu haqda Prezident raisligidagi yig`ilishda ta`kidlandi.

Bugungi kunda temir yo`lda 2,5 mingta yuk vagoni etishmasligi, mavjud vagonlarning 3,5 mingtasi esa ta`mirtalabligiga qaramay, ularni ko`paytirish, yo`llarni modernizasiya qilish  uchun bor-yo`g`i 16 million dollar to`g`ridan-to`g`ri investisiya o`zlashtirgan.

Shuningdek, xorijiy investisiyalar o`zlashtirish hajmi o`tgan yilga nisbatan “O`zavtosanoat”da 47 foizga, to`qimachilikda 43 foizga, qurilish  materiallarida 31 foizga kamaygan.

Shu bois, investisiyalarni jalb qilish va ularni o`zlashtirishda sustkashlikka yo`l qo`yganliklari uchun suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari B.Kamalov, transport vaziri  o`rinbosari A.Mo`minov, “Suvta`minot” rahbari S.Saifnazarov, “Temir yo`l” rahbari X.Xosilov va “Avtoyo`l” rahbari A.Abduvaliev lavozimidan ozod etildi.

“O`zto`qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.Haydarov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi B.Jo`raev, “O`zsanoatqurilishbank” raisi S.Annaklichevga “hayfsan” e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar