FVV xabariga ko`ra, bugun, 11 iyul kuni soat 22:29 lar atrofida Toshkent shahar Mirobod tumanida yangi qurilayotgan 14-qavatli binoning 14-qavatidagi lift shaxtasida qurigan taxtalar yongan.
Natijada shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 22:35 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 22:54 da o`rab olingan.
Qayd etilishicha, hozirda yong`in bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi, deyiladi FVV xabarida.






