AsosiyJamiyat

Podstansiyada nosozlik: Toshkentning qator hududlari "svet"siz qoldi

'Podstansiyada nosozlik: Toshkentning qator hududlari "svet"siz qoldi'ning rasmi

Soat 12:40 da Shayxontohur tumanidagi "Ayni" podstansiyasining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlari iste`molchilarining bir qismi elektr ta`minotidan uzilgan.

"Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.                                                                                                                                

    Boshqa yangiliklar