AsosiyDunyo

Hindistondagi suv toshqinlarida 80 ga yaqin odam halok bo`ldi(video)

'Hindistondagi suv toshqinlarida 80 ga yaqin odam halok bo`ldi(video)'ning rasmi

Hindistonda kuzatilayotgan musson yomg`irlari suv toshqini va ko`chkilarni keltirib chiqarmoqda. Mamlakat shimoli-sharqidagi Assam shtatida suv toshqinlari qurbonlari soni 79 kishiga etdi, deb xabar berdi RIA Novosti Tabiiy ofatlarni boshqarish mahalliy boshqarmasiga (ASDMA) tayanib.

May oyi oxirida shtatda kuchli yog`ingarchilik tufayli suv toshqinlari boshlangan.

Tashkilot hisobotida qayd etilishicha, qadimiy ibodatxonalar suv ostida qolib tuzatib bo`lmas darajaga kelib qolgan.

“Halokat hududida jami 2 763 719 kishi bo`lgan... Hukumat hozirgacha 649 ta vaqtinchalik turar joy lagerlarini ochgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kamida 2678 qishloq suv ostida qolgan. Rasmiylarning qo`shimcha qilishicha, Kaziranga milliy bog`ida 96 ta hayvon nobud bo`lgan

    Boshqa yangiliklar